Prefab – modullar montaji

Qurilish maydonchasida Prefab – modullarni tayyor poydevorga montaj qilish maksimal qisqa – 30 daqiqagacha bo’lgan vaqtni egallaydi. Bir-biri bilan modullar mahkamlash elementlari bilan biriktiriladi.

Barcha modullar yig'ilganidan so'ng modullararo birikmalar berkitiladi. Bizning Knauf Аквапанель modullarimizning fasad uchun materiali mutlaqo namlikka chidamli bo'lganligi sababli, KNAUF modullaridan qurilgan bino uzoq vaqt davomida yakuniy fasad yechimisiz turishi mumkin.

Modulli konstruksiyalar montaj qilingandan so'ng tomga yopiladigan konstruksiyalar, uy majmuasi tarkibiga kiruvchi stropil va stropilosti tizimlarining montaji amalga oshiriladi, so'ngra ularning ustiga tomning yakuniy qoplamasi qo'yiladi.

Keyingi bosqichlarda fasad ishlari amalga oshiriladi – bu osma ventilyatsiyalanadigan fasadning har qanday turi yoki suvoq yoki boshqa pardoz materiallaridan foydalangan holda standart yechimlar bo'lishi mumkin.




Fasad prefab-panellari (zavodda ishlab chiqarilgan sinch-qoplama devorlari) montaji binoning asosiy sinchida amalga oshiriladi, u har qanday ko’rinishda – monolit, metall yoki aralash bo'lishi mumkin. Panellar ikki turda biriktiriladi:

  • osma
  • mahkamlagichga tayangan holda

Tayyor prefab-panellar texnik vazifa va konstruksiyalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maxsus mahkamlash tizimlariga montaj qilinadi

Santexnik modullar montaji (SMT) binoning tayyor tutib turuvchi sinchiga to’sish konstruksiyalarini qurishdan oldin amalga oshiriladi. SMT montaji o’rtacha 30-40 daqiqani egallaydi.